7 Oktyabr 2025
634
Samariddin Muhibiddinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi
Lima shahrida tashkil etilayotgan dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir bronza medalini oʻz hisobiga yozib qoʻydi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Samariddin Muhibiddinov uchinchi oʻrinni egalladi.
Muhibiddinov chorak finalda yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy bergach oʻtish bosqichida Estoniya, bronza medali uchun kurashda esa Niderlandiya vakilini magʻlubiyatga uchratishga erishdi.


