MDH oʻyinlari: Navbatdagi kunda 10 ta medal qoʻlga kiritildi
Ozarbayjonda III MDH oʻyinlari qizgʻin davom etmoqda. Ortda qolgan kun Oʻzbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Oltin:
- J.Turgʻunov / B.Muhiddinov (akademik eshkak eshish, 1500 metr, U19)
Kumush:
- B.Hayitboyev / L.Qoʻchqorov (akademik eshkak eshish, 1500 metr, U17)
- Ziyodbek Yoʻldoshev (baydarkada eshkak eshish, 1000 metr, U20)
- N.Reynavald / Sh.Hasanov (baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U18)
Bronza:
- Basketbol 3x3 (oʻgʻil bolalar)
- Nurmuhammad Moʻminov (qilichbozlik, shpaga)
- Shohruh Hasanov (baydarkada eshkak eshish, 1000 metr, U18)
- Davlatjon Hamdamov (baydarkada eshkak eshish, 1000 metr, U16)
- Muhammadaziz Aripov (kanoeda eshkak eshish, 500 metr, U17)
- M.Sherbakov / D.Hamdamov (baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U16)






