Bir guruh sportchilarning murojaati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi
Poytaxtimizdagi Olmazor tumanida joylashgan sport zallaridan biri auksionda sotuvga qoʻyilganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ushbu obyektda shugʻullanuvchi imkoniyati cheklangan murabbiy va yoshlarning murojaati keng tarqalgan edi. Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi va Olmazor tumani hokimligi mutasaddilari ushbu manzilga tashrif buyurib, murojaat qilgan murabbiy va yosh sportchilar bilan uchrashdilar.
Ushbu zalda asosiy mashgʻulot boks boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, bir guruh imkoniyati cheklangan yoshlar pauerlifting bilan bir necha yildan beri shugʻullanib kelishadi. Rasmiylar murojaat muallifi bilan suhbatlashib, ularning iltimoslari oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqilishini bildirishdi.







