6 Oktyabr 2025
592
Chavandozimiz Tallindagi turnirda uch bor shohsupaga koʻtarildi
3-5-oktyabr kunlari Estoniyaning Tallin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev 1 tadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal: 130 sm (toʻsiq balandligi), “Otto van de Achterhoek” otida;
Kumush medal: 140 sm, “Go Four It B” otida;
Bronza medal: 150 sm, “Go Four It B” otida.
