6 Oktyabr 2025 719

Sport federatsiyalari bilan ustuvor rejalar koʻrib chiqildi

Bugun Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati sport federatsiyalari hamda assotsiatsiyalarning masʼullari bilan istiqbolli rejalar yuzasidan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston delegatsiyasining shu kunlarda Ozarbayjonda tashkil etilayotgan III MDH oʻyinlaridagi ishtiroki tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorgarlik va federatsiyalarning Olimpiya shaharchasidagi joylashuvi masalalari ham koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda sportchilarni Bahraynda boʻladigan musobaqaga har tomonlama puxta tayyorlash boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, delegatsiya tarkibi va terma jamoalarning Manamaga safar rejalari qayta koʻrib chiqildi.

Text to speech