5 Oktyabr 2025 533

Bugun yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Peru poytaxti Lima shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi. 8-oktyabrga qadar davom etadigan musobaqada dunyoning 66 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham medallar uchun kurash olib borishadi. Hamyurtlarimiz mazkur jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadilar:

Oʻgʻil bolalar:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov
-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev
-73 kg: Muhriddin Maʼrufov
-73 kg: Inoyat Telmanov
-81 kg: Samariddin Muhibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
+100 kg: Fazliddin Rafiqov

Qizlar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Soʻgʻdiyona Rafkatova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Nigina Saparboyeva
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-78 kg: Marjona Koʻchimova
+78 kg: Umida Nigʻmatova

Dasturga koʻra, birinchi kun yigitlar -60 va -66 kg, qizlar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishadi.

Text to speech