Taekvondochilarimiz Tiranadagi turnirga yoʻl olishdi
5-oktyabr kuni Albaniya poytaxti Tirana shahrida taekvondo WT boʻyicha “Albania Open” xalqaro turniri boʻlib oʻtadi. G1 toifasiga kiruvchi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Turnir joriy oy yakunida Xitoyda oʻtadigan jahon chempionati oldidan terma jamoa aʼzolarining tayyorgarligini sinovdan oʻtkazib beradi. Mamlakat taekvondo assotsiatsiyasi Tiranadagi musobaqaga quyidagi tarkib jalb etilganini maʼlum qildi:
Erkaklar:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Kamron Mansurov
-63 kg: Nazarali Nazarov
-63 kg: Shamsiddin Qurbonov
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev
-74 kg: Islombek Rajabov
-74 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
-80 kg: Jasurbek Jaysunov
-87 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Yodgor Joʻraboyev
-87 kg: Shohjahon Karimboyev
+87 kg: Marat Mavlonov
Ayollar:
-49 kg: Laylo Hasanova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-62 kg: Sevinch Hayitova
-62 kg: Diyora Azizova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
+67 kg: Svetlana Osipova
