3 Oktyabr 2025 788

Oʻzbekistonlik hakam Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarida ishlaydi

Xalqaro konkichilar ittifoqi figurali uchish boʻyicha Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boradigan hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, ushbu roʻyxatda hamyurtimiz ham bor.

Boʻlajak Olimpiadada oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova sportchilarning chiqishini baholab boradi. Mutaxassis individual (juftlik) va jamoaviy (ayollar va juftlik) dasturlarda ishlaydi.

Qayd etish joiz, S.Numanova Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya oʻyinlarida ham faoliyat olib borgan.

Text to speech