2 Oktyabr 2025 655

Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirida OʻFF jamoasi gʻalaba qozondi

Uchinchi bor tashkil etilgan futbol boʻyicha Axbor Imomxoʻjayev xotira turniri yakunlandi. “A” va “B” guruhlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan “Bunyodkor” va Oʻzbekiston futzal federatsiyasi (OʻFF) jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Penaltilar seriyasigacha davom etgan bahsda OʻFF gʻalaba qozonib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

MOQ va “Paxtakor” jamoalari oʻrtasida kechgan 3-oʻrin uchun kurashda “paxtakorchilar” gʻalaba qozondi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

Taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Unda turli nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshilar hamda gʻolib va sovrindorlar taqdirlanishdi.

<iframe width="100%" height="857" src="https://www.youtube.com/embed/Ep8iDO3rwDA" title="Axbor Imomxoʻjayev xotira turnirida OʻFF jamoasi gʻalaba qozondi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech