2 Oktyabr 2025 700

Sibirsev va Myalin Osiyo chempionatida navbatdagi medallarini qoʻlga kiritishdi

Hindistonda oʻtayotgan suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana 2 medalni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.

Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev bu gal 800 metr masofaga kechgan erkin usulda suzish dasturida kumush medal sohibiga aylangan boʻlsa, Igor Myalin 10 metrli platformadan sakrash yoʻnalishida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Text to speech