2 Oktyabr 2025
556
Rufat Risqiyevni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek boksining dargʻasi, “Toshkent yoʻlbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan afsona, Monreal-1976 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi, 1974-yil Kuba mezbonlik qilgan jahon chempionatining gʻolibi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Rufat Risqiyev tavallud ayyomini qarshi olmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rufat Asadovichni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.
