1 Oktyabr 2025 724

Vyacheslav Kachanov Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi

Suvga sakrash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Vyacheslav Kachanov Hindistonda oʻtayotgan Osiyo chempionatida ikkinchi bronza medaliga sazovor boʻldi. 3 metrli tramplindan sakrash dasturida qatnashgan Kachanov 368.85 ball bilan uchinchi natijani qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz xuddi shu balandlikda juftlik dasturida Igor Myalin bilan ham shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

Text to speech