1 Oktyabr 2025
687
MDH oʻyinlari: Taekvondo va suzish bahslarida navbatdagi medallar qoʻlga kiritildi
Ozarbayjonda oʻtayotgan III MDH oʻyinlarining ortda qolgan kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi taekvondo WT va suzish dasturlarida 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
Kumush medal:
- Shahzoda Yodgorova (taekvondo WT, -49 kg)
- Amina Kamalova (taekvondo WT, -57 kg)
- Umid Turobov (taekvondo WT, -68 kg)
Bronza medal:
- Sevara Rashidova (50 metrga brass usulda suzish)
- Xudoynazar Shodmonov (taekvondo WT, +87 kg)



