30 Sentyabr 2025 624

Suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionatida kumush va bronza medallari qoʻlga kiritildi

Shu kunlarda Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medallariga ega chiqdi.

Erkaklar oʻrtasida 1500 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida Ilya Sibirsev 15:23.35 daqiqa bilan marraga ikkinchi boʻlib yetib keldi va kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 3 metrli tramplindan sinxron sakrash dasturida Igor Myalin va Vyacheslav Kachanov bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Text to speech