30 Sentyabr 2025 579

Nurudinov va Joʻrayev jahon chempionatida qaysi kuni ishtirok etishi maʼlum

Xabar qilganimizdek, 2-11-oktyabr kunlari Norvegiyaning Fyorde shahrida oʻtkaziladigan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi safida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etishadi. Har ikki sportchimiz boʻlajak musobaqada -110 kg vazn toifasida supaga chiqishadi.

Maʼlum boʻlishicha, atletlarimizning ishtiroki 10-oktyabr sanasiga belgilangan. Bellashuvlarning boshlanishi esa Toshkent vaqti bilan 22:30 ga toʻgʻri keladi.

Text to speech