28 Sentyabr 2025 487

Ogʻir atletikachilarimiz boʻlajak musobaqalarga Chirchiqda tayyorlanishmoqda

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham boʻlajak musobaqalarga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda. Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev 2-11-oktyabr kunlari Norvegiyaning Fyorde shahrida oʻtadigan jahon chempionatiga, terma jamoaning qolgan aʼzolari noyabr oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan Islom birdamligi oʻyinlariga tayyorlanishmoqda.

Chirchiq shahrida oʻtayotgan mashgʻulotlar davomida murabbiylar shtabi sportchilar bilan maxsus texnik harakatlar ustida ishlamoqda.

Text to speech