MDH oʻyinlari: Bugun delegatsiyamiz 20 ta medalga sazovor boʻldi
Ozarbayjonda oʻtayotgan MDH oʻyinlarining bugungi kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun serhmahsul oʻtdi. Atletlarimiz kun davomida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 14 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Oltin medal:
- Azamat Qayumov (stenddan otish, trap)
- Muhammadyusuf Yusufjonov (sambo, 71 kg)
- Bilolbek Abdugapparov (sambo, 79 kg)
Kumush medal:
- Adelina Hasanova (stol tennisi, yakkalik)
- Valeriya Xegay (taekvondo WT, -46 kg)
- Gamzat Maksetbayev (sambo, -53 kg)
Bronza medal:
- Stol tennisi, erkaklar jamoaviy dasturi
- Stol tennisi, ayollar jamoaviy dasturi
- Stol tennisi, ayollar juftlik dasturi
- Stol tennisi, erkaklar juftlik dasturi
- Rahmatillo Abdurashidov (stol tennisi, yakkalik)
- Maftuna Gulimova (stol tennisi, yakkalik)
- Javlon Gʻaniyev (200 metrga batterflyay usulda suzish)
- Muhammadismoil Rahmonov (50 metrga batterflyay usulda suzish)
- Shohjahon Ahmedov (taekvondo WT, -63 kg)
- Mubina Bobosaidova (taekvondo WT, -62 kg)
- Avaz Ergashev (sambo, -58 kg)
- Davlatjon Kozimov (sambo, -64 kg)
- Shohjahon Gʻolibov (sambo, -88 kg)
- Saidahmad Ravshanov (sambo, -98 kg)









