29 Sentyabr 2025
495
MDH oʻyinlari: Dastlabki oltin medal stenddan otish dasturida qoʻlga kiritildi
Ozarbayjonda oʻtayotgan III MDH oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi dastlabki medallariga ega chiqmoqda. Musobaqadagi birinchi oltin medalni stenddan otish yoʻnalishing trap dasturida Azamat Qayumov keltirdi.
Hozirgacha delegatsiyamiz a’zolari suzish, sambo, stol tennisi, taekvondo WT bahslarida ham bir qancha medallarni naqd qilishdi.
Kun yakuni boʻyicha tafsilotlar bilan kelgusi xabarlarimizda ma’lum qilamiz.
