30 Sentyabr 2025 722

Bir guruh murabbiylar “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh soha mutaxassislariga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, MOQ va Sport faxriylari kengashi rahbariyati ishtirok etdi.

Rasmiylar oʻzbek sportining bugungi muvaffaqiyatlari yoʻlida xizmat qilayotgan trenerlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar tilashdi.

Text to speech