28 Sentyabr 2025 676

Zaynab Dayibekova Belgiyadagi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi

Belgiyaning Gent shahrida qilichbozlik boʻyicha “Flemish Open” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda qatnashgan sablyachimiz Zaynab Dayibekova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Yarim finalgacha yetib borgan hamyurtimiz final ostonasida fransiyalik Luize Kleynga 12:15 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bugun ushbu dasturdagi yigitlarimiz oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishadi.

Text to speech