27 Sentyabr 2025 676

Termizda “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi oʻtkazildi

Surxondaryo viloyatida dzyudo boʻyicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan erkaklar -66, -81 va +90 kg, ayollar esa +70 kg vazn toifasida gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Sovrin jamgʻarmasi umumiy 200 million soʻmni tashkil etgan turnirda Bobur Vadjiyev (-66 kg), Alimardon Abdulahadov (-81 kg), Muhammadali Tangriyev (+90 kg) va Shohista Nazarova (+70 kg) oʻz vazn toifalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech