26 Sentyabr 2025 664

Ilk bor mountinbayk boʻyicha professional musobaqa oʻtkazildi

24-25-sentyabr kunlari Toshkent viloyatida mountinbayk boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, bu velosportning mazkur yoʻnalishi boʻyicha yurtimizda professional sportchilar oʻrtasida tashkil etilgan dastlabki musobaqa boʻldi.

Ushbu turnir davomida Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) tomonidan jalb etilgan ekspert Beatris Lajava mahalliy mutaxassislarga tashkiliy ishlar tayyorgarlik borasida muhim koʻrsatmalarni berib bordi. Yakunda kattalar va turli yosh toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlab olindi.

Text to speech