26 Sentyabr 2025 765

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi bosh kotib saylandi

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkilotga yangi bosh kotib saylanib, odob-axloq va taftish komissiyalari tarkibi qayta shakllantirildi.

Mazkur tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va federatsiya mutasaddilari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Konferensiya davomida delegatlar tomonidan federatsiyaga yangi bosh kotib saylandi. Unga koʻra, Yengil atletika boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Dilshod Avazov ushbu lavozimni egalladi.

Shuningdek, kun tartibiga muvofiq, odob-axloq va taftish komissiyalari tarkibi, federatsiya ustavining yangi tahriri ham tasdiqlandi.

Text to speech