26 Sentyabr 2025 622

Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha Missiya rahbarlari uchun seminar oʻtkazildi

23-25-sentyabr kunlari Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi tomonidan Oʻyinlarga tayyorgarlik boʻyicha Missiya rahbarlari uchun seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston MOQ nomidan Xalqaro aloqalar va protokol departamenti direktori Kamoliddin Ergashev qatnashdi.

Seminar davomida Yaponiya boʻlajak musobaqaga qay darajada tayyorgarlik koʻrayotgani, Oʻyinlar dasturi, transport-logistika xizmati va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, bellashuvlarni qabul qiluvchi arenalar, delegatsiya aʼzolarining yashashi uchun ajratilgan mehmonxona va boshqa binolar boʻylab ekskursiya ham tashkil qilindi.

Text to speech