25 Sentyabr 2025 917

Boks boʻyicha jahon chempionati yakuniga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi

Oʻzbekiston boks federatsiyasida Liverpulda oʻtgan jahon chempionatining yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda federatsiya rasmiylari va terma jamoa aʼzolari ishtirok etib, OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Anjuman davomida rasmiylar tomonidan joriy yil yakunida Toshkentda Asian Boxing tashkiloti shafeʼligida kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatini oʻtkazish rejalashtirilayotgani aytildi.

Eslatib oʻtamiz, dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan edi. Erkaklar terma jamoamiz esa yana bir karra oʻz tarixida dunyoning eng kuchli jamoasi ekanini isbotladi.

Text to speech