24 Sentyabr 2025 692

Dzyudochilarimiz Sindao va Praga turnirlarida ishtirok etishadi

Joriy hafta yakunida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Dastlabki guruh Xitoyning Sindao shahrida oʻtadigan Gran-pri (26-28-sentyabr) musobaqasida qatnashsa, yana bir tarkib Chexiyaning Praga shahrida “Prague European Open 2025” (27-28-sentyabr) turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Sindao Gran-prisi uchun tarkib:
-73 kg: Shahram Ahadov
+100 kg: Alisher Yusupov

Praga turniri uchun tarkib:
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-73 kg: Abdurahim Nutfullayev
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-100 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech