23 Sentyabr 2025 754

Yosh badmintonchilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 19 ta medal jamgʻarishdi

Toshkent mezbonlik qilgan badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Maʼlum qilganimizdek, unda 7 mamlakatdan 97 nafar sportchi U15, U17 va U23 yosh toifalarida yakkalik, juftlik, mikst va jamoaviy dasturlarda medallar uchun bahs olib borishdi.

Yakunda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin, 7 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Ushbu natija bilan sportchilarimiz medallar jamgʻarish boʻyicha Erondan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech