23 Sentyabr 2025 763

Velosportchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashmoqda

Ayni kunlarda Ruandaning Kigali shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz ishtirokini boshlaydi.

Hamyurtlarimizdan birinchi boʻlib Samira Ismoilova startga chiqadi. Sportchimiz yoshlar oʻrtasida 18.3 km masofada kechadigan yakkalik shaxsiy vaqt poygasi dasturida bellashadi.

Mazkur dunyo birinchiligida qatnashadigan terma jamoamiz aʼzolarining chiqishi haqidagi maʼlumot:
26-sentyabr: Muhriddin Sapparov, yoshlar oʻrtasida guruh poygasi;
26-sentyabr: Nikita Svetkov, U23 toifasida guruh poygasi;
27-sentyabr: Yanina Kuskova, ayollar oʻrtasida guruh poygasi;
28-sentyabr: Murodjon Xolmurodov, erkaklar oʻrtasida guruh poygasi.

Text to speech