22 Sentyabr 2025 725

Regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi nufuzli turnirda debyut qildi

20-21-sentyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida regbi-7 boʻyicha “Asia Rugby Emirates Sevens Series 2025” turniri oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi mazkur tasnifdagi turnirda ilk bor qatnashdi.

Qitʼamizning eng kuchli 12 jamoasi ishtirok etgan ushbu turnirda hamyurtlarimiz 2 ta gʻalaba va 3 ta magʻlubiyat qayd etishdi. Shu tariqa, yigitlarimiz debyut turnirda toʻqqizinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech