22 Sentyabr 2025
944
Oybek Kasimov Vengriya elchisi bilan uchrashdi
Bugun MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Vengriyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yojef Rojani qabul qildi. Uchrashuvda sport boʻyicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Janob Roja oʻzbek sporti soʻnggi davrda ulkan oʻsishga erishayotganini eʼtirof etgan holda har ikki mamlakatning ushbu yoʻnalishdagi aloqalarini mustahkamlashga yordam berishga tayyor ekanini bildirdi. Oʻz navbatida, Oybek Omilovich jamoaviy va suv sporti turlarida Vengriya tajribasini oʻrganish foydali boʻlishini ta'kidladi.
Uchrashuvda futbol boʻyicha terma jamoalar oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻtkazish, qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish, mutaxassislar almashish kabi mavzular koʻrib chiqildi.






