22 Sentyabr 2025
614
Akademik eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda
Xitoyning Shanxay shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligidagi ishtirokini boshladi.
M4- dasturida qatnashgan yigitlarimiz saralashda 7:00:58 daqiqa vaqt bilan yarim final ishtirokchilari qatoridan joy olishdi. Endi ular 24-sentyabr kuni asosiy final yoʻllanmasi uchun startga chiqishadi.
Anna Prakaten va Malika Tagmatova esa juftlik dasturida 6:02.37 daqiqa bilan oʻz guruhlarida uchinchi natijani qayd etishdi. Biroq bu ularga “A” finaliga yoʻl olish uchun yetarli boʻlmadi.
