22 Sentyabr 2025 753

Sport gimnastikasi murabbiylari uchun oʻtkazilgan seminar yakunlandi

Navoiyda sport gimnastikasi boʻyicha mahalliy murabbiylar uchun tashkil etilgan oʻquv seminari nihoyasiga yetdi. Ushbu tadbir XOQ Olimpiya birdamligi loyihasining qoʻllab-quvvatlashi bilan Xalqaro gimnastika federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda 28 nafar murabbiy ishtirok etdi. Ularga rossiyalik ekspert Mixail Voronin nazariy va amaliy mashgʻulotlar orqali zamonaviy metodikalar asosidagi bilimlari bilan saboq berdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilindi.

Text to speech