21 Sentyabr 2025 2299

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan ilk sportchimizga aylandi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

-63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni magʻlubiyatga uchratishga erishdi.

Bu soʻnggi 24 yil ichida yunon-rum kurashi boʻyicha dunyo birinchiligida oʻzbekistonlik atletlarning qoʻlga kiritgan dastlabki oltin medali boʻldi. Barakalla, Aytjan!

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishga erishdi.

 Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)

 Kumush medal:
-60 kg: Alisher Gʻaniyev (yunon-rum kurashi)

 Bronza medal:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu natija bilan sportchi va murabbiylarimizni, koʻp sonli muxlislarni tabriklaydi.

Text to speech