21 Sentyabr 2025 705

Aytjan Xalmaxanov finalda, Shermuhammad Sharibjonov oʻtish bosqichida kurashadi

Bugun Xorvatiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati yakuniga yetadi. Musobaqaning soʻnggi kunida yunon-rum kurashchilarimiz medallar uchun bahs olib borishadi.

-63 kg vazn toifasining saralash bosqichida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Aytjan Xalmaxanov kechki dasturda chempionlik uchun gilamga chiqadi. Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Shermuhammad Sharibjonov bronza medali uchun oʻtish bosqichida kurashadi.

Final:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov – Chung Xan-Jaye (Koreya Respublikasi)

Oʻtish bosqichi:
-67 kg: Shermuhammad Sharibjonov – Sebastyan Nad (Serbiya)

Text to speech