20 Sentyabr 2025
890
Alisher Gʻaniyev jahon chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alisher Gʻaniyev Xorvatiyada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatining final bahsida ishtirok etdi.
-60 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda qozogʻistonlik Aidos Sultangaliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
