Oliy va professional taʼlim yoʻnalishidagi “Besh tashabbus Olimpiadasi” musobaqalariga start berildi
Bugun Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy va professional taʼlim muassasalarining talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Besh tashabbus Olimpiadasi” musobaqalariga ramziy start berish hamda sport sinovlarining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Sport, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va yuzlab talabalar ishtirok etdi.
Rasmiylar boʻlajak musobaqa qatnashchilariga omad tilab, sport sinovlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarni qutlashdi. Shuningdek, oʻz taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzi targʻibotida faol boʻlgan universitetlarning rahbariyatiga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taqdim etildi.



















