19 Sentyabr 2025
736
Bahrayn-2025: Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo yoshlar oʻyinlariga tayyorlanishmoqda
Kelasi oy Bahraynda oʻtadigan III Osiyo yoshlar oʻyinlariga Oʻzbekiston delegatsiyasi katta tayyorgarlik olib bormoqda. Hozirda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Chirchiq shahrida boʻlajak musobaqaga hozirlik koʻryapti. Bahrayn-2025 Oʻyinlarida jamoamiz 12 nafar sportchi bilan qatnashishi koʻzda tutilgan.





