18 Sentyabr 2025 2027

Jahon chempionatlarining qahramonlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanishdi

Bugun boks, ogʻir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatlarida yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchi hamda ularning murabbiylariga Prezident sovgʻasi – BYD avtomobillari va bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Sovrinlarni oʻz egalariga topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili Odil Abdurahmonov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, sportchi va murabbiylarimizni qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ham omad tiladilar.

Oʻz navbatida, taqdirlangan sportchi va murabbiylar nomidan soʻz olgan Ruslan Nurudinov, Abdumalik Xalokov, Toʻlqin Qilichev, shuningdek, Javohir Ummataliyevning otasi Turobjon Ummataliyev Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz tomonidan koʻrsatilgan bunday yuksak eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Text to speech