18 Sentyabr 2025 890

Badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda badminton bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri, mamlakat badminton federatsiyasi raisi A.Abduxakimov, Sport vaziri A.Ikramov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri K.Sharipov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari O.Umarov, shuningdek, Osiyo Badminton federatsiyasi mas’ullari ishtirok etib, mamlakatimizda sport taraqqiyoti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.

Eslatib o‘tamiz, 22-sentyabrga qadar davom etadigan mazkur turnirda 7 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Dasturga koʻra, sportchilar U15, U17 va U23 yosh toifalarida jamoaviy, yakkalik, juftlik va mikst yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Text to speech