18 Sentyabr 2025 1356

"Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari" musobaqasining Toshkent shahar bosqichi gʻoliblari taqdirlandi

Avgust oyida mamlakatimiz boʻylab "Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari" musobaqalarining ikkinchi bosqich bellashuvlari tashkil etilgan edi. Bugun poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida Toshkent shahrida oʻtkazilgan bahslarning gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati va yosh sportchilar ishtirok etishdi.

Rasmiylar barcha gʻoliblarni erishgan natijalari bilan qutlab, ularga musobaqaning keyingi bosqichi – Prezident Olimpiadasida ham yuqori natijalar koʻrsatishlarini tiladilar.

Text to speech