17 Sentyabr 2025
978
Bokschilarimiz uchun yangi baza qurish loyihasi muhokama qilindi
Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati bugun Toshkent viloyatida joylashgan “Yangiobod” sport bazasiga tashrif buyurdi. Unda boks boʻyicha terma jamoalar uchun moʻljallangan yangi inshootlar va infratuzilma obyektlari koʻzdan kechirildi.
Mamlakat boks federatsiyasi mutasaddilari yangi baza uchun ajratilgan maydon, uning bosqichma-bosqich qurilish rejasi hamda foydalanishga topshirilgan taqdirda mavjud imkoniyatlarning kengayishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi.
Rasmiylar mazkur sport bazasining barpo etilishi terma jamoalarning professional tayyorgarligini kuchaytirishga, yosh sportchilarning malakasini oshirishga xizmat qilishini taʼkidlashdi.





