17 Sentyabr 2025
648
Bugun 3 nafar kurashchi qizimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Xorvatiyada tashkil etilayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatida bugun ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining uch nafar aʼzosi saralash bosqichida gilamga chiqadi. Afsuski, kecha bahs olib borgan Aktenge Keunimjayeva hamda Ozoda Zaripboyeva medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
-53 kg: Shohida Ahmedova – Xaruna Okuno (Yaponiya)
-68 kg: Nabira Esenbayeva – Gabriela da Roxa (Braziliya)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Aleksandriya Glaude (AQSh)
