16 Sentyabr 2025
760
Toshkentda badminton boʻyicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
Bugun poytaxtimizda badminton boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Markaziy Osiyo chempionati start oldi. Musobaqada 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 97 nafar sportchi bahs olib bormoqda.
Bellashuvlar U15, U17 va U23 yosh toifalarida oʻtkazilmoqda. 22-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada jamoaviy, yakkalik, juftlik va mikst dasturlarida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
