16 Sentyabr 2025
560
Sharifa Davronova jahon chempionatining saralash bosqichida qatnashadi
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sharifa Davronova bugun Tokio shahrida oʻtayotgan jahon chempionatida ishtirokini boshlaydi. Hamyurtimiz bugun kechki dasturda uch hatlab sakrash sektorida saralash bosqichida qatnashadi.
Afsuski, kecha uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvar Anvarov berilgan uch imkoniyatdan foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
