16 Sentyabr 2025 559

Bugun 4 nafar kurashchimiz gilamga chiqadi

Xorvatiya poytaxtida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati davom etadi. Bugun erkin va ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar oʻtkaziladi.

Aktenge Keunimjayeva hamda Ozoda Zaripboyeva saralash bosqichida ishtirok etishadi. Kecha yarim finalgacha yetib borgan Umidjon Jalolov bugun kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi kun davomida aniqlanadi. Laylo Sobirova esa uchinchi oʻrin uchun oʻtish bosqichida qatnashadi. Uning dastlabki raqibi neytral maqomdagi Anastasiya Sidelnikova boʻladi.

Saralash:
-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Oksana Livach (Ukraina)
-76 kg: Ozoda Zaripboyeva – Anastasiya Alpeyeva (Ukraina)

Text to speech