16 Sentyabr 2025 583

Bokschilarimiz tantanali kutib olindi

Bugun tongda Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks boʻyicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimizga qaytib keldi. Musobaqa qahramonlarini Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, yaqinlari tantanali kutib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, bokschilarimiz dunyo birinchiligida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medal jamgʻarib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi.

Text to speech