16 Sentyabr 2025 866

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston va Yaponiya jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi kelasi yil Indoneziyada oʻtkaziladigan Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bugun Nodir Eliboyev boshchiligidagi terma jamoamiz qitʼaning nomdor jamoalaridan biri – Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi.

Mazkur oʻyinni Oʻzbekiston MOQ rahbariyati ham kuzatib bordi. Rasmiylar uchrashuv davomida Sport vazirligi va mamlakat futzal federatsiyasi rahbariyati bilan qator ustuvor rejalarni muhokama qilib olishdi.

Bahsda mehmonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Text to speech