15 Sentyabr 2025 543

Gʻulomjon Abdullayev bronza medali uchun kurashadi

Bugun Xorvatiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatida uchinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar aʼzosi gilamga chiqadi.

Ortda qolgan kun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Gʻulomjon Abdullayev yarim finalda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz uluga imkoniyatni boy berdi. Endi u bugun bronza medali uchun bellashadi. Abdullayevning bu bosqichdagi raqibi kun davomida maʼlum boʻladi. Shuningdek, bugun Umidjon Jalolov va Laylo Sobirova saralash bellashuvlarini oʻtkazishadi.

-65 kg: Umidjon Abdullayev – Nino Leutert (Shveysariya)
-59 kg: Laylo Sobirova – Nadzeya Bulanaya (Neytral sportchi)

Text to speech