Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 11 ta medalga ega chiqdi
Angliyaning Liverpul shahrida boks boʻyicha dunyo birinchiligi poyoniga yetdi. Dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Oltin medal:
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev
Kumush medal:
-65 kg: Navbahor Hamidova
+90 kg: Jahongir Zokirov
Bronza medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakat boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylar hamda millionlab hamyurtlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.






