15 Sentyabr 2025 661

Jahongir Zokirov dunyo birinchiligidagi final bahsini oʻtkazdi

Liverpulda boks boʻyicha jahon chempionatining eng soʻnggi bellashuvi oʻtkazildi. +92 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Jahongir Zokirov finalda Oybek Oralbayga (Qozogʻiston) qarshi jang qildi. Shiddatli bellashuv qozogʻistonlik bokschining gʻalabasi bilan yakunlandi va Zokirov dunyo birinchiligining kumush medalini qoʻlga kiritdi.

Text to speech